Do'st, hayot bizni sinovga tashladi,
Kim do'st, kim dushman, ajratmadi.
Do'st, hayot ko'zlarimni yoshladi,
Rahm-shafqatsiz jazoladi.
Rizqini bo'lishgan, haqqimni yemagan,
Yonimda tik turgan do'st, do'st.
Onam betob bo'lsa, men kabi qayg'urgan,
Yonimda tik turgan do'st, aziz do'st.
Yonginamda yon bo'lgan,
Yoshligim birga o'tgan,
Yesa bo'lishib yegan do'st, do'st.
Oqibat qalbda yashasin albat,
Vaqt o'tib, do'stga do'st muhtoj bo'ladi albatta.
Yuztuban mol-dunyo, boylik quliga aylandimi,
Bir kun kelib, aniq qolar g'aflatda.